Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab ketildi
O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 1 iyun kuni Leyriya provinsiyasida (Portugaliya) pichoq bilan yetkazilgan jarohat natijasida 1983 yil 21 fevralda tug‘ilgan, Samarqand shahrida ro‘yxatga qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosi Ikrom Islomovich Negmatov vafot etgan.
Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish organlari tergov tadbirlarini olib bormoqda va marhumning qarindoshlari O‘zbekiston fuqarosining jasadini Samarqand shahrida dafn etish maqsadida jo‘natish uchun hujjatlarni tayyorlashmoqda.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va zarurat tug‘ilganda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhum O‘zbekiston fuqarosining oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib turgan vatandoshlarga zarurat tug‘ilgan holatlarda Madrid shahridagi mamlakat elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qildi: +34-91-310-16-39.
Mavzuga oid
20:28 / 19.05.2026
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi bilan jahon chempionatiga boradi
21:51 / 11.05.2026
Atigi bir necha qadam – Portugaliya va Ispaniya o‘rtasida dunyodagi eng kichik xalqaro ko‘prik bor
11:45 / 09.02.2026
Sotsialist Seguru Portugaliya prezidenti etib saylandi
09:50 / 19.01.2026