Jahon | 19:05 / 04.06.2019
8042
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi ko‘p asrlik kamsitishlar uchun lo‘lilardan uzr so‘radi

Foto: REUTERS

Rim papasi Fransisk Ruminiyaga tashrifi chog‘ida ko‘p asrlik kamsitishlar uchun katolik cherkovi nomidan lo‘lilardan uzr so‘radi.

Ruminiyaning Blaj shahrida lo‘lilar jamiyati vakillari bilan uchrashuvda "sizlar kamsitilgan, sizlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingan yoki boshqacha ko‘z bilan qaralgan barcha o‘sha davrlar uchun uzr so‘rayman", dedi u.

Hozirda lo‘lilar Janubiy va Markaziy Yevropada yashaydi. Ruminiyada ular aholi umumiy sonining 10 foizga yaqinini tashkil etadi. Lo‘lilar kamsitish tufayli ishga joylashish qiyin ekanligidan shikoyat qilishadi va aksariyati qashshoqlikda hayot kechiradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid