Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya tomonidan ishlab chiqilgan binolarni buzishning g‘aroyib texnologiyasi
Turli inshoot, turar-joy va ofis binolari vaqt o‘tishi bilan yaroqsiz holga keladi va ularni buzib tashlash kerak. Bunday jarayonning guvohi bo‘lganlar bu qay darajada shovqinli va changlar orasida yuz berishini yaxshi biladilar. Yaponiyada ana shu muammoning yengish usullari o‘ylab topildi deya xabar bermoqda facte.ru. Ular binolarni buzishning shovqin va chang minimal darajadagi yangi texnologiyasini kashf etishdi.
Binoni buzish texnologiyasi
Tokio ko‘chalaridan birida baland bino – biroz fursat oldin obro‘li mehmonxonani «likvidatsiya»si amalga oshirilmoqda. Uning balandligi uch oy davom etgan demontajda 40 metrga pasaydi. Biroq bino yonidan o‘tuvchilar sodir bo‘layotgan jarayonni sezishmayapti ham.
Yoz oxirida balandligi 150 metrdan ortiq bo‘lgan uy shovqin va changsiz butunlay yo‘qoladi. Bu harakatlanuvchi tashqi karkas yordamida amalga oshiriladigan yangi yaponcha texnologiya tufayli yuz beradi.
Mutaxassislar ichki tomondan devorlarni ajratib olishadi va jami material liftlarda qayta ishlash uchun yuboriladi. Demontaj maydonida u qadar uzoq bo‘lmagan joyda tovush ham, chang ham tashqariga chiqmaydi.
Mavzuga oid
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026