Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arb yetakchilari urush dahshatlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va'da berishdi
G‘arbning 16 ta davlati yetakchisi 5 iyunda sayyoramizda Ikkinchi jahon urushi dahshatlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi deklaratsiyani imzolashdi. Ushbu hujjatning bir qismini Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey devonxonasi e'lon qildi.
Hujjat Britaniyaning Porsmutida Ikkinchi jahon urushi vaqtida Normandiyaga ittifoqchi kuchlar tashlanishining 75 yilligiga atalgan tantanalar vaqtida imzolandi.
Davlatlar yetakchilari va bosh vazirlari urushning dahshatlari boshqa takrorlanmasligini ta'minlashga birgalikda javobgar ekanliklarini tasdiqlashgan.
“Oxirgi 75 yil davomida xalqlarimiz Yevropa va butun dunyoda tinchlik, demokratiya, sabr-toqatlilik va qonun ustuvorligi bo‘lishi uchun kurashib kelishgan. Bugun biz bu umumiy qadriyatlarga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlamoqdamiz, chunki ular davlatlarimiz va xalqlarimiz barqarorligi va farovonligini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz ittifoqchilar va do‘stlar kabi bu erkinliklarni ularga har gal xavf solinganda himoyalaymiz”, deyilgan hujjatda.
G‘arb yetakchilari o‘zaro ziddiyatlar qolayotgan sohalarda yaqinlashish nuqtalarini topish uchun ishlash va xalqaro muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan birgalikdagi ishni olib borish majburiyatini o‘z zimmalariga olishgan.
Tantanalarda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, bosh vaziri Tereza Mey, AQSh prezidenti Donald Tramp, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Yevropaning yana ko‘plab davlatlari yetakchilari, ittifoqchi qo‘shinlar faxriylari ishtirok etishgan.
Normandiya uchun jang 1944 yil 6 iyunga o‘tar kechasi boshlanib, 19 avgustda yakunlangan.
1944 yilning 6 iyunidan 24 iyuligacha ushbu jangda ittifoqchi qo‘shinlar 122 minglik qo‘shinni, nemislar 117 ming kishini yo‘qotgan. 20 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:27 / 04.06.2026
Eron bilan urush Kongressda ham bahslarga sabab bo‘lmoqda
16:56 / 03.06.2026
Saxalin oroli va Tinch okeani flotidan ayrilgan Rossiya – Rus-yapon urushi tarixi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
20:32 / 31.03.2026