Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Meksika migrantlarga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Jose Luis Gonzalez / Reuters
AQSh va Meksika noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqdagi hujjat AQSh davlat departamenti saytida chop etildi.
Shartnomaga muvofiq, Meksika Markaziy Amerika mamlakatlaridan keladigan noqonuniy migrantlar oqimini to‘sish uchun AQSh bilan chegaraga milliy gvardiya qo‘shinlarini jo‘natadi. Bundan tashqari, kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘ullanadigan guruhlarga qarshi kurash olib boradi.
AQSh esa boshpana so‘ragan barchani Meksikaga qaytarib yuboradi. Migrantlar u yerda o‘zlari bilan bog‘liq qaror chiqarilishini kutishadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh buning evaziga barcha Meksika mahsulotlariga boj kiritishni noma'lum muddatga kechiktiradi.
May oyi oxirida Meksikadan keladigan mahsulotlarga 10 iyundan besh foizli boj kiritishini aytib tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
14:28
AQSh Yevropada senzurani chetlab o‘tish uchun onlayn-portal ishlab chiqmoqda
11:24
AQSh o‘zbekistonlik ayrim shaxslarga viza cheklovlari joriy etdi
09:20
Tramp Qrim sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
09:02