Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilandi
Foto: marifat.uz
O‘zbekistonda Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda ustama belgilandi:
• maktabda ishlagan davri 6 oydan 3 yilgacha – 10 foiz;
• 3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
• 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
• 10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz;
• 15 yildan ortiq – 50 foiz.
Quyidagi jadvallarda ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxati keltirilgan:






Adliya vazirligi izohida aytilishicha, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:47
1 yanvardan maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga KPI asosida oylik ustama to‘lanadi
14:07 / 12.11.2025
Endi ChQBT rahbarlariga ham oyiga 20 foizgacha ustama to‘lanadi
09:24 / 28.10.2025
Maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga KPI asosida har oylik ustama joriy etildi
09:36 / 10.10.2025