Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 2 oydan keyin Turkiyaga S-400’ni yetkazib berishni boshlaydi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya Turkiyaga 2 oydan keyin S-400 zenit raketa majmualarini yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda “Rostex” korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov ma'lum qildi.
“Hammasi joyida, o‘ylashimcha, 2 oydan keyin majmualarni yetkazib berishni boshlaymiz. Avans to‘lovlari amalga oshirilgan, kredit rasmiylashtirilgan. Kredit pullari sarflangan, texnika ishlab chiqarilgan. Uning ustiga, biz mutaxassislarni o‘qitishni yakunladik”, deb aytgan Chemezov NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Chemezov bu haqda hozirda o‘tayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi vaqtida aytib o‘tgan.
AQSh Turkiyaning S-400’larni sotib olishiga qarshi chiqmoqda va Anqaraga sanksiyalar solish bilan tahdid qilmoqda. Turkiya o‘z navbatida majmualar AQShga xavf solmasligini va Anqara ularni sotib olishdan voz kechmasligini aytib keladi.
Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Turkiyaga to‘rtta S-400 divizionini yetkazib beradi. Shartnoma qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
15:03 / 30.08.2025
Ukraina GUR: Qrimda S-400 «Triumf» tarkibidagi kompleks yo‘q qilindi
12:22 / 27.06.2025
Hindiston va Rossiya S-400 ZRK va boshqa qurollarni yetkazib berishni muhokama qildi
09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz
12:55 / 09.06.2025