Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Belarus yagona valuta joriy etish masalasini muhokama qildi
Foto: Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti
Rossiya va Belarus ittifoq davlat doirasida integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralarda yagona valuta joriy etish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi «Interfaks».
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Belarus iqtisodiyot vaziri Dmitriy Krutoy bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bu masala markaziy banklar o‘rtasidagi muzokaralarda ko‘rib chiqilishini, qaror esa ikki davlat prezidentlari tomonidan qabul qilinishi bildirdi.
Belarus iqtisodiyot vaziri yagona valuta borasidagi masala muzokaralarda asosiy o‘rin tutmasligini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yagona iqtisodiy makon yaratishning asosiy shartlari barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi, so‘nggi bosqich esa yagona valuta bo‘lishi lozim.
Rossiya va Belarus o‘rtasida ittifoq davlati tuzish to‘g‘risidagi shartnoma 1999 yil dekabrda imzolangan bo‘lib, 2000 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026