Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada Pahlavon Mahmud nomidagi I Xalqaro bahodirlar o‘yinlariga start berildi
8 iyun kuni Xiva shahrida Pahlavon Mahmud nomidagi I Xalqaro bahodirlar o‘yinlari start oldi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi tarixiy-me'moriy kompleks hisoblanmish Ichan-qal'ada o‘tkazildi. Unda Xiva shahar hokimi Sobir Jumaniyazov, World Strongmen Federation (WSF) raisi Vladislav Redkin, Malayziyadagi Challenge 2018 etnosport turniri g‘olibi Jyeremi Hogg nutq so‘zladilar.
Turnirda O‘zbekiston, Eron, AQSh, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Rossiya, Ukraina, Latviya, Avstraliya, Gretsiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari sportchilari ishtirok etmoqda. Ular 2 kun davomida milliy naqshli ustunlarni ko‘tarish va ushlab turish, og‘ir toshlarni ustunlarga o‘rnatish, mevalar bilan to‘ldirilgan aravani ko‘tarish, poyezd lokomotivini 20 metrga tortish va boshqa musobaqalarda asosiy sovrin uchun kuch sinashadilar.
Bundan tashqari, turnir doirasida sport ta'lim muasassalari o‘quvchilari bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, sahnalashtirilgan chiqishlar va ko‘ngilochar sport tadbirlari o‘tkaziladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Baxodirlar o‘yini Federatsiyasi hamda World Strongmen hamkorligida tashkil etilgan bu tadbir xorazmlik yengilmas bahodir va ma'rifatparvar shoir, faylasuf va so‘fiy Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan.
Mavzuga oid
07:54 / 06.05.2026
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
14:24 / 14.03.2026