Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Formula-1: Lyuis Xemilton Kanadadagi bosqichda g‘olib bo‘ldi
Mercedes jamoasining poygachisi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton “Formula-1” poygasining 7-bosqichi – Kanada Gran-prisida g‘olib bo‘ldi.
Marra chizig‘ini birinchi bo‘lib Ferrari a'zosi Sebastyan Fettel kesib o‘tgan, biroq unga 5 jarima soniyasi berilgan. Bunga esa uning 48-aylanada trassaga xavfli qaytishi sabab bo‘lgan, buning oqibatida Xemilton devorga urilishiga bir baxya qolgan.
Was shaping up to be a great #CanadianGP but don't understand why Vettel/Ferrari were given a time penalty (and will lose the race) but where else was he supposed to go? He didn't do this deliberately. Leaves a sour taste in all the fan's mouths after this 😩 pic.twitter.com/DrfKfS1ld1
— Richard-Lee Read (@OMGitsRLR) June 9, 2019
Fettel garchi birinchi kelgan bo‘lsa-da, jarima soniyalari sababli 2-o‘ringa tushib ketgan. 3-o‘rinni Ferrari’ning yana bir a'zosi Sharl Lekler egallagan.
Fettel jarima va poyga natijalaridan norozilik bildirgan. Buning ishorasi sifatida u matbuot bilan suhbatlashishdan bosh tortgan. Shuningdek, poygachi bolidlar oldidan o‘tayotganda poygachilar qaysi o‘rinlarni egallaganlarini ko‘rsatuvchi tablichkalarni o‘zgartirib qo‘ygan. U Xemilton mashinasi oldiga 2 raqami, o‘zining bolidi oldiga esa 1 raqami yozilgan tablichkani qo‘ygan.
Umumiy hisobda 162 ochko bilan Xemilton yetkachilik qilmoqda. 2-o‘rinni Valtteri Bottas (132 ochko), 3-o‘rinni Fettel (100 ochko) egallamoqda.
Poyganing navbatdagi bosqichi 21-23 iyun kunlari Fransiyada bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026