Jahon | 18:20 / 10.06.2019
10535
1 daqiqa o‘qiladi

To‘qayev inauguratsiya marosimi o‘tkaziladigan sanani ma'lum qildi

Foto: TASS/Valeriy Sharifulin

Qozog‘iston prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozongan Qosim-Jo‘mart To‘qayev inauguratsiya marosimi 12 iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma'lum qildi.

"Agarda MSK ovozlarni hisoblashni yakuniga yetkaza olsa, inauguratsiyani 12 iyunda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 14 iyunda Bishkekdagi ShHT sammitiga yo‘l olaman", - dedi To‘qayev.

Qozog‘istonning amaldagi rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda 9 iyun kuni o‘tkazilgan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi.

Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, unga saylovchilarning 70,76 foizi (6,5 milliondan ortiq kishi) ovoz bergan.

Saylovdagi davomat 77,4 foizni tashkil etgan.

Mamlakatni qariyb 30 yil boshqargan va 20 mart kuni prezidentlik vakolatini topshirgan Nursulton Nazarboyev ilk bor saylovda nomzodini ilgari surmadi. Uning partiyasi - «Nur Otan» prezidentlik uchun To‘qayev nomzodini ko‘rsatdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid