Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand Xalqaro Turizm tashkilotining yig‘ilishiga mezbonlik qiladi
2020 yili Samarqand shahri Xalqaro Turizm tashkilotining Yevropa bo‘yicha mintaqaviy komissiyasi 65-yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Jahon AA xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Madriddagi elchisi Jahongir G‘aniyev mamlakatning Xalqaro Turizm tashkilotidagi doimiy vakili etib tayinlangan munosabati bilan ishonch yorlig‘ini tashkilot bosh kotibi Zurab Pololikashviliga topshirdi.
XTT rahbari turizm sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni qayd etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra tashkil etilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti faoliyati va mamlakatga kirish viza tartibi soddalashtirilgani olqishladi.
Shuningdek, Pololikashvili BMT Xalqaro turizm tashkilotining Yevropa bo‘yicha mintaqaviy komissiyasi 65-yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazishga qaror qilinganini mamnuniyat bilan e'lon qildi.
Mavzuga oid
09:00
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026