Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Nima yordam beradi?

Oftobda uxlab qoldingizmi? Yoki baliq ovida o‘ljani miq etmay kutdingiz va qizil tanliga aylandingizmi? G‘alla mavsumi boshlandimi? Umuman olganda, shahar hududida avtomobil haydab ham xuddi shu natijaga «erishish» mumkin. Tabiat qonuniga asoslansak, ma'lum vaqt o‘tib teri yangilanadi va o‘z holiga qaytadi. Biroq, ba'zi holatlarda qoraygan qatlam kengroq yoyilishi va qo‘rqinchli ahvolga kelishi ham uchrab turadi. Bundan tashqari, oftobdan kuyish yoki quyosh ostida juda ko‘p vaqt davomida harakatlanish teri saratonini qo‘zg‘atishi ehtimoli katta. Shuning uchun eng yaxshisi oldini olish, agar allaqachon kech bo‘lgan bo‘lsa-chi...
Sutli vanna
Agar shaxsiy fermaga ega bo‘lsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'noda tushunishingiz ham mumkin. Sut yallig‘lanish xavfini kamaytiruvchi va kuygan teri yaralarni bitiruvchi oqsil qatlami hosil qiladi. Zararlangan tana o‘lchamiga qarab tabiiy mato olamiz va sut bilan namlab, yaraga bosamiz. Namlik yo‘qolmaguncha ushlab turish lozim.
Kartoshka
Bu metod G‘arbiy Yevropa va AQShda keng tarqalgan (sababi noma'lum). Qo‘llash usuli: tozalangan xom kartoshkani blenderda pasta holiga kelguncha aylantiramiz va non shaklida kuygan joyni yopamiz. Qurib qolgach yuvib tashlash mumkin. Biroq, bo‘yindan boshlab belgacha kuygan katta hajmdagi yara uchun qancha kartoshka sarf bo‘lishini tasavvur qilish qiyin.
Makkajo‘xori kraxmali
Qizarish va og‘riqni bosishda makkajo‘xori kraxmali va ichimlik sodasi aralashmasi (3:1) qo‘l kela oladi. Uni bo‘tqa holiga kelguncha suv bilan aralashtiramiz va tanaga bosamiz. Qurishini kutib, so‘ng yaxshilab yuvib tashlash kerak, chunki keyinchalik quruqshash alomati uchrashi mumkin. Ushbu usulni faqatgina tozalangan tanaga surtish kerak, ishqalab surtish esa qat'iyan taqiqlangan.
Suli yormasi (ovsyanka)
Bo‘tqaning bu turida antioksidant ta'sirga va yallig‘lanishni samarali kamaytiruvchi avenantramidlar bor. Davolash uchun suli yormasini un holiga kelguncha maydalanadi va bir stakan miqdor bilan vanna qilinadi.
Muzlatilgan mevalar va muz
Bu, nazarimizda, og‘riqni bosish va mushaklarni yengillashtirishning eng oddiy usuli. Asosiysi muzni tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ymaslik kerak, sochiqdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noqulay tarafi ozroq vaqt o‘tib suv oqa boshlaydi. Shu sababli, muzli sochiqni muntazam almashtirib turish kerak. Bu bilan yarani muzlatib, asoratlarni og‘irlashtirishning oldi olingan bo‘ladi.
Salat bargi
Salat bargini qaynoq suvga solib, 10-15 daqiqa ushbu haroratda ushlab turiladi. So‘ng tabiiy matoni sovutilgan qaynatma bilan namlaymiz va zarar ko‘rgan tana qismiga bosamiz.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

15:45 / 19.08.2024
Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi

15:46 / 09.06.2024
Yozda quyosh urishidan qanday himoyalanish kerak - mutaxassis tavsiyalari

12:13 / 19.09.2023