Özbekistonda yoz faslida oftob urişi, xalq tili bilan aytganda dam ötişi eng köp uçraydigan holatlardan biri hisoblanadi. Soğliqni saqlaş vazirligi undan saqlaniş uçun bir neça tavsiyalar bilan örtoqlaşdi.

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovning sözlariga köra, yozda quyoş tiğida uzoq vaqt boş yalang va badanni himoya qilmagan holda qoliş oftob urişiga sabab böladi.
«Har bir faslning inson salomatligi uçun ijobiy va salbiy ta’sirlari bor. Xususan, yozda quyoş tiğida uzoq vaqt boş yalang va badanni himoya qilmagan holda qoliş — oftob urişiga sabab böladi.
Afsuski, köpçilik bu holatga "biroz dam ötibdi" deya bepisandlik bilan qaraydi. Aslida esa unga e’tiborsiz böliş, jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Çunki quyoş urişi eng xavfli holat bölib, u taşqi termal omillar ta’sirida organizmning umumiy qizib ketişi va haroratni me’yorda uşlab turiş qobiliyatini yöqotişi natijasida yuzaga keladi», – deydi şikofor.
Uning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi:
- kuçli boş oğriği;
- terlaşning töxtaşi, teri quruq va qizargan bölişi;
- tez va kuçli yurak urişi;
- tez-tez nafas oliş, ötkir nafas qisişi;
- boş aylanişi, qusiş yoki köngil aynişi.
Oğir holatlarda esa bemorda alahsiraş kuzatiladi. Tana harorati 41–42 darajagaça kötarilişi, çuqur behuşlik holati kuzatilişi mumkin.
Mutaxassis bunday paytda bemorni, eng avvalo, salqin joyga köçirib ötkaziş lozimligi, söng gorizontal holda yotqizib, oyoqlarini sal kötariş, kiyimlarini yeçiş, yuzini sovuq suvda yuviş va biror xöllangan matoni yurak sohasiga qöyiş kerakligini ta’kidladi.
Şuningdek, unga salqin içimlik yoki qatiq içiriş va zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş lozim. Sababi quyoş urgan insonga şoşilinç tibbiy yordam körsatiş zarur.
Doniyor Alimov issiqlik urişining oldini oliş uçun bir neça tavsiyalarga amal qiliş lozimligini eslatib ötdi.
















