Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimlarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi?
Qaysi shaxslarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi? Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali ma'lumot beradi.
Quyidagi shaxslarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi:
— nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari;
— uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari;
— harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
— talabalar va pedagoglarning bolalari;
— yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
— boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar;
— akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar.
Bunda mazkur ro‘yxatdagi bolalarga bog‘chada bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda yo‘llanma beriladi.
Mavzuga oid
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
15:15 / 27.09.2025
Bog‘cha bolalarining zaharlangani yuzasidan 7 kishi qamoqqa olindi
09:33 / 25.09.2025