Fan-texnika | 01:01 / 15.06.2019
23429
1 daqiqa o‘qiladi

Volvo‘ning kabinasiz yuk mashinalari konteynerlar tashimoqda (video) 

Volvo Trucks kompaniyasining kabinasi yo‘q, haydovchisiz elektr yuk mashinalari (tortgichlari) Shvetsiyaning Gyoteborg portida kema konteynerlarini tashiy boshladi. Mashinaning ishlashini namoyish qiluvchi video YouTube’da joylashtirildi.

Vera nomli ushbu mashina logistik markazlar, zavodlar va portlarda qo‘llash uchun ishlab chiqilgan.

Volvo Trucks va Daniyaning DFDS dengizchilik kompaniyasi qo‘shma loyihasi bo‘lmish ushbu mashina sinov rejimida ishga tushirilgan. Yuk mashinalar oldindan dasturlashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha 40 km/soat maksimal tezlik bilan harakatlanadi. Bir tarmoqqa birlashtirilgan va bulutli xizmatga ulangan ushbu avtomobillar dispetcher minorasidagi operator tomonidan boshqariladi. 

Mavzuga oid