Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saxalinda migrantlarga o‘ndan ortiq sohalarda ishlash taqiqlandi
Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy
Saxalin viloyati hududida faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub'yektlariga ta'lim, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, chakana savdo, xususiy qo‘riqlash xizmatlari faoliyati, quruqlik va quvur transporti, transport vositalari uchun to‘xtash joylari, xavfli tovarlarni tashish, mehmonxona faoliyati va umumiy ovqatlanish korxonalari, suv chiqarish, tozalash va taqsimlash, oqava suvlarni to‘plash va qayta ishlash sohalariga patent asosida mehnat faoliyati olib boruvchi xorijiy fuqarolarni jalb etishga taqiq qo‘yildi. O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu taqiq Saxalin viloyati gubernatorining 2018 yil 12 dekabrdagi farmoni bilan joriy etilgan.
Shuningdek, 17 iyundan ushbu ro‘yxatga qo‘shimcha ravishda landshaft obodonlashtirish faoliyati, ishga qabul qilish, vaqtinchalik ish bilan ta'minlash agentliklari va reklama agentliklari faoliyati ham kiritildi.
Shu munosabat bilan konsullik-huquqiy departamenti Rossiya hududida joylashgan va Saxalin viloyatiga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yuqorida ko‘rsatilgan taqiqlarni hisobga olishlarini so‘ramoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:09 / 05.12.2025
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
18:37 / 01.12.2025
Rossiyada 1 dekabrdan chegarani kesib o‘tgan xorijliklardan biometriya yig‘ish boshlandi
10:27 / 29.11.2025