Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Qatarni jahon chempionatidan mahrum qilishni rejalashtirmoqda – OAV
FIFA Qatarda 2022 yilda o‘tadigan jahon chempionatini boshqa davlatga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Argentinaning TNT Spors telekanali xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda FIFA jahon chempionatini o‘tkazish uchun zudlik bilan boshqa mezbon davlat topish maqsadida maxfiy uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Ta'kidlanishicha, boshqa joyni tanlash oson ish emas, biroq federatsiya buning uchun barcha imkoni bor ishni qilmoqda.
18 iyunda UYeFAning sobiq prezidenti Mishel Platini 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazadigan mezbon davlatni tanlash ishi bo‘yicha ushlandi. Platini 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkaziladigan joyni tanlash vaqtida yo‘l qo‘yilgan korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilinish uchun hibsga olingan. Keyinroq u ozod qilingan.
2018 yil avgustda FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter JCh-2022’ni o‘tkazadigan davlatni tanlashda qalloblikka yo‘l qo‘yilganini tan olgandi. Uning ta'kidlashicha, Qatarning arizasi Platini tomonidan o‘tkazilgan bosim sababli tanlovda g‘olib bo‘la olgan.
Qatar jahon chempionati o‘tkaziladigan joy sifatida 2010 yil dekabrda tanlangan. Chempionat Qatarning 7 ta shahrida 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha o‘tkazilishi belgilangan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026