Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: «Amaldorlar xorijga turistdek borib kelmasligi kerak»
Senatning 20-yalpi majlisida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev davlat amaldorlarining xorijiy mamlakatlarga safarlari to‘g‘risida gapirdi.
«Avvallari ko‘plab amaldorlar xorijga chiqa olmasdi, hozir esa taqiq yo‘q. Ko‘plab davlatlar O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni istashadi. Munosabatlarni yaxshilash kerak. Lekin amaldorlar xorijga turistdek borib qaytmasin.
Davlat idoralari vakillarining barchasi xorij safarlariga davlat budjeti hisobidan boradi va bu behudaga bo‘lmasligi kerak», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident hokimlar, vazirlar va boshqa mas'ul shaxslarning xorijiy mamlakatlarga safari davlatga foyda uchun xizmat qilishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.
«Kim menga kelib, falon davlatga borib, falon narsani o‘rganib qaytmoqchiman, desa men hech qachon yo‘q demayman. Buning uchun davlat budjetidan pul ajratamiz. Buni borishsin, ko‘rishsin, qayerda qaysi tizim qanday ishlayotganini, nimalarni o‘rganishimiz mumkinligini bilishsin, tashabbus ko‘rsatishsin, deb qilamiz. Faqat bundan foyda olib qaytish kerak, behudaga vaqt sarflash kerak emas», – deydi davlat rahbari.
«Senatorlar ham qaysi davlat tajribasini o‘rganishimiz kerakligi, qaysi mamlakatning yo‘li biz uchun maqbulligi haqida takliflar bersin. Men sizlardan buni kutyapman», – deya qo‘shimcha qilgan Mirziyoyev.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026