Jamiyat | 18:00 / 23.06.2019
29633
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Ortiqxo‘jayev Qo‘yliq va Chorsu bozoridagi narxlarni o‘rgandi

Bugun, 23 iyun kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Qo‘yliq bozoriga tashrif buyurdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qildi.

Tashrif davomida shahar hokimi oziq-ovqat narxlari bilan tanishgan, shuningdek, bozor hududida tartib va tozalikka qay darajada rioya etilishini kuzatgan.

«Hokim mahsulotlar assortimentlarini ko‘zdan kechirdi, shuningdek narxlar bilan qiziqdi. U bozor hududidagi holatga va obodonlashtirish ishlariga ham e'tibor qaratdi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ortiqxo‘jayev bozorda sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashgan.

Qo‘yliq bozoriga tashrifidan keyin hokim Chorsu bozorida ham bo‘lgan.

Mavzuga oid