Jahon | 14:50 / 24.06.2019
16739
1 daqiqa o‘qiladi
Eron AQSh Tehronning qanday imkoniyatlarga ega ekanini bilib olganini aytdi
Eron harbiy dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Husayn Xonzodiy AQSh endilikda Tehronning havo hududini buzganlik uchun keskin javob qaytara olish imkoniyatini biladi.
«Dushman o‘zining eng mukammal razvedkachi samolyotini jo‘natdi va uni urib tushirganimizni hamma ko‘rdi. Bu biz yana qaytara olishimiz mumkin bo‘lgan keskin javobdir va dushman buni biladi», — deya Xonzodiydan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.
Admiral shuningdek, Eron inqilobiy yoshlari sanksiyalarga javob qaytara olishi va mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlashini bildirdi.
20 iyun kuni Eron hukumati AQShning mamlakat havo hududiga kirib kelgan uchuvchisiz uchar qurilmasi urib tushirilganini ma'lum qildi. Pentagon bu xabarni tasdiqladi.