Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uxlab qolgan yo‘lovchi samolyotda unutib qoldirildi
Foto: Vladimir VeLeNGURIN
Kanada aeroportlaridan birida kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. Mahalliy aviakompaniyalardan birining bortkuzatuvchilari samolyot qo‘ngandan so‘ng salonda uxlab qolgan bir yo‘lovchini sezmay tashlab ketishgan. Tifani Adams ismli ushbu yo‘lovchi qorong‘u tushgach uyg‘ongan va salonda o‘zidan bo‘lak hech kim yo‘qligini aniqlagan.
Ayol dugonasiga qo‘ng‘iroq qilib, “dahshatli” vaziyatga tushib qolganini aytmoqchi bo‘lganda telefon quvvatsizlanib o‘chib qolgan. Uni quvvatlashning ham iloji bo‘lmagan, chunki samolyotda elektr ta'minoti o‘chiq bo‘lgan. Ayol vahimaga tushgan bo‘lsa ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan, u uchuvchilar kabinasidagi ratsiyalar orqali aeroport xodimlari bilan ulanishga harakat qilgan, biroq uskunalar ham o‘chiq bo‘lgan. Shundan so‘ng ayol illyuminator orqali maxsus fakel yordamida SOS xabarini berishga urinib ko‘rgan.
Oxir-oqibat ayol qutqarib olingan, deb xabar berdi Sky News nashri. Keyinroq u aviakompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uni hali ham dahshatli tushlar ta'qib qilayotganini yozgan. Aviakompaniya ushbu holat yuzasidan ichki taftish olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 25.12.2025
SBU Qora dengizdagi yagona Il-38 samolyotiga zarar yetkazilganini ma’lum qildi
11:29 / 23.12.2025
Centrum Air samolyotidagi nosozlik tufayli yo‘lovchilar bir sutka Qozon aeroportida qolib ketdi
09:29 / 06.11.2025
AQShda UPS samolyoti halokati qurbonlari soni 12 nafarga yetdi
19:03 / 29.10.2025