Jahon | 10:35 / 25.06.2019
31437
1 daqiqa o‘qiladi

Eron bir masalada Trampni 100 foiz qo‘llab-quvvatlashini aytdi  

Javod Zarif / Foto: REUTERS / Khalid Al-Mousily

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQSh prezidenti Donald Tramp nima borasida 100 foiz haqligini aytdi.

Zarifning aytishicha, Tramp AQSh qo‘shinlarining “Fors ko‘rfazida qiladigan ishi yo‘qligi” borasida “100 foiz haq”.

Tehronning ta'kidlashicha, AQSh qo‘shinlarining mintaqadan olib chiqilishi “AQSh va qolgan dunyo manfaatlariga to‘liq mos keladi”.

Biroq “B guruhi”ni Vashington va butun dunyoning manfaatlari qiziqtirmaydi. Zarifning aytishicha, bu guruh “diplomatiyani pisand qilmay, urushni istamoqda”.

Eron tashqi ishlar vaziri “B guruhi” deb AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Saudiya Arabistoni va BAA valiahd shahzodalari Muhammad bin Salmon va Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni ataydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid