Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarishga e'tibor qaratmoqda
Apple korporatsiyasi haydovchisiz boshqaruv texnologiyali avtomobillar uchun tizimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Drive.ai startapini sotib oldi. Bu haqda Axios agentligi xabar berdi.
Apple ushbu xabarni tasdiqladi, ammo kelishuv miqdorini ma'lum qilmadi. Nashr jurnalistlarining taxminicha, kompaniya startap uchun 77 million dollardan kamroq pul to‘lagan.
Drive.ai Stenford universitetining mashina boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan. Apple shuningdek, Drive.ai haydovchisiz avtomobillarini va kompaniyaning boshqa aktivlarini ham sotib olgan.
Axios mazkur kelishuv Apple haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirganini tasdiqlaydi deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
18:16 / 19.06.2026
Buklama iPhone Ultra xususiyatlari oshkor qilindi
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026