O‘zbekiston | 10:00 / 27.06.2019
7978
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda to‘xtatib turilgan poyezdlar harakati tiklandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Qozog‘istonning Aris shahrida ro‘y bergan portlash munosabati bilan harakati vaqtincha to‘xtatilgan poyezdlarning harakati tiklangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«Hurmatli yo‘lovchilar! «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ Arisdagi stansiya orqali xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanuvchi barcha poyezdlarning harakati tiklangani haqida ma'lum qiladi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Qozog‘iston janubidagi Aris shahrida joylashgan harbiy qismdagi omborxonada portlashlar ro‘y berishi munosabati bilan «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi AJ tomonidan harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.

Shu tufayli «Toshkent – Moskva», «Andijon – Moskva», «Toshkent – Qozon», «Toshkent – Novosibirsk», «Toshkent – Ufa», «Toshkent – Chelyabinsk», «Olmaota – Nukus» va «Olmaota – Toshkent» yo‘nalishlaridagi yo‘lovchi poyezdlarning Aris stansiyasi orqali harakati qayta ishga tushishiga qadar vaqtincha to‘xtatilgandi.

26 iyun kuni Qozog‘istonda to‘xtab qolgan uchta poyezd yo‘lovchilari Toshkentga olib kelindi.

Mavzuga oid