Qozoğiston janubidagi Turkiston viloyati Aris şahrida joylaşgan harbiy qismda röy bergan portlaşlar oqibatida harakatlanişdan töxtatib qöyilgan poyezdlar yölovçilari Toşkentga olib kelindi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

«Özbekistonning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra 2019 yil 25 iyun kuni Ufa şahridan kelayotgan 382-son temir yöl reysining qolgan barça yölovçilari avtobuslar orqali Toşkent şahriga yuborildi.

Şuningdek, Çelyabinsk-Toşkent yönalişida harakatlanayotgan va Aris şahridagi öq-dorilar portlaşlari oqibatida Turkiston şahrida töxtatib qöyilgan «Rossiya temir yöllari»ga qaraşli 365-reys yölovçilari «Jibek Joli» - «Ğişt köprik» nazorat-ötkaziş punktigaça Qozoğistonning Turkiston viloyati hokimiyati kömagida, çegaraning bu tomonidan Toşkent şahrigaça esa «Özavtotrans» avtobuslarida yetkazildi.

25 iyun kuni keçasi Çimkent şahrida töxtatib qöyilgan «Novosibirsk-Toşkent» 370-temiryöl reysining 264 nafar yölovçisini Toşkent şahriga yetkaziş işlari 26 iyun kuni ertalab davom ettirildi. 

Konsullik-huquqiy departamenti Qozoğiston hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda Özbekistonning Nur-Sulton şahridagi Elçixonasiga (tel. :  +7-717-295-42-52) yoki Olmaota şahridagi Boş konsulxonasiga (tel. :  +7-727-291-11-78) murojaat qilişlari mumkinligini eslatadi», deyiladi xabarda.

24 iyun kuni Toşkentdan 133 kilometr şimolda joylaşgan, 44,3 ming kişi yaşaydigan Aris şahrida qurol-yaroğlarning katta portlaşi yuz berdi. Şahar aholisi evakuatsiya qilingan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, voqea oqibatida uç kişi halok bölgan, 70dan köproq kişi jarohat olgan, ulardan 45 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Portlaşlar yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan.

Bundan avvalroq Arisdagi portlaş sababli sakkizta poyezd harakati töxtatilgani xabar qilingandi.