«Özbekiston temir yöllari» AK matbuot xizmati Qozoğistonning Aris şahridagi harbiy qismda yuz bergan portlaş munosabati ayrim poyezdlar harakatlanişi vaqtinça töxtatilganini ma'lum qildi.

«Özbekiston temir yöllari»ning bayonotida aytilişiça, «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi AJ tomonidan harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida ayrim yölovçi poyezdlar harakati vaqtinça töxtatilgan.

Quyidagi yölovçi poyezdlarining Aris stansiyasi orqali harakati qayta işga tuşişiga qadar vaqtinça töxtatiladi:

№5/6   Toşkent – Moskva

№149/150  Andijon – Moskva

№315/316  Toşkent – Qozon

№369/370  Toşkent – Novosibirsk

№381/382  Toşkent – Ufa

№365/366  Toşkent – Çelyabinsk

№321/322  Olmaota – Nukus

№2/1  Olmaota – Toşkent

«Mazkur yönalişlar uçun çiptalarni sotib olgan yölovçilar temir yöl kassalariga yöl hujjatlari (çiptalari)ni taqdim etgan holda ularga çiptalarning qiymati tölaligiça qaytariladi», — deyiladi xabarda.