Jamiyat | 09:23 / 27.06.2019
23746
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Vestminster xalqaro maktabi tashkil etildi

Foto: Study Adelaide

O‘zbekiston hukumatining 25 iyundagi qarori bilan Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabi tashkil etildi.

Qaror bilan maktab faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilandi.

«Iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, gumanitar, tabiiy va aniq fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rganishni tashkil etish, o‘quvchilarga chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rgatish, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish shular jumlasidan», – deyiladi «Huquqiy axborot» kanali ma'lumotida.

Maktab nodavlat ta'lim muassasasi hisoblanib, unda ta'lim jarayoni xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi.

Maktab bitiruvchilariga ta'lim to‘g‘risidagi davlat namunasidagi hujjat (shahodatnoma, attestat) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalariga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi dasturlarning diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) beriladi.

Maktabga qabul qilish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Ta'lim maktab tomonidan belgilanadigan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid