Iqtisodçi Yuliy Yusupov Telegram'dagi kanalida Respublika oliy ta’lim kengaşining 2024 yilning 29 noyabr kuni tasdiqlangan bayonnomasi e’lon qildi. Unda nodavlat OTMlar Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasiga tölov-kontraktdan tuşadigan mablağining 4 foizini ötkazib berişi haqida band bor. Bu taklifni nodavlat OTM rektorlari bergani körsatilgan. Mablağ ötkazişdan quyidagi maqsadlar inobatga olingani aytiladi:

  • respublikada amalga oşirilayotgan ta’limga oid siyosatni qöllab-quvvatlaş;
  • zarur hollarda oliy ta’lim taşkilotlari va ularning talabalari manfaatini himoya qiliş ta’lim xizmatlari bozorida soğlom raqobatni ta’minlaş;
  • davlat oliy ta’lim taşkilotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasiga 4 foiz miqdorida ajratmalar yönaltiriş.

Kengaş nodavlat OTMlar bilan şartnomani 1 haftada işlab çiqişi va 2025 yilning 25 yanvarigaça mablağlar Respublika oliy ta’lim kengaşiga kelib tuşişi kerakligini ta’kidlagan.

Yuliy Yusupov buni soliq deb atab, Özbekistonda soliqlarni Oliy Majlisgina emas, istalgan davlat idorasi joriy qila olyapti degan fikrda. Şuningdek, u Özbekistonni çeklovlarni bilmaydigan amaldorlar uçun behisob oçil dasturxon deb, pul kerak bölib bölsa, xalqdan yiğiş boşlanişini yozgan. “Bunga kimdir qarşilik qilsa, tekşiruv yuboriladi va litsenziyasi olinadi”, – degan iqtisodçi.

Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev Respublika Oliy ta’lim kengaşi soliq yoki majburiy tölov joriy qiliş vakolatiga ega emasligini ta’kidlab, bu bayonnoma heç qaysi OTMga heç qanday majburiyat yuklamasligini yozgan.

“Bu bayonnomani peş qilib, pul ötkazişni talab qiliş, agar ötkazmasa, turli oqibatlar keltirib çiqarişi (masalan, litsenziyasini olib qöyişga işoralar va h.k.) mutlaqo noqonuniy hisoblanadi. Bunday qilişga heç kimning haqqi yöq (qoğozlarda har holda, amalda bilmadim endi). Şu sababli nodavlat oliygohlar Kengaşga 4 foiz pul ötkazişga majbur emasligini bilişlari zarar qilmaydi. Unutmang, Respublika Oliy ta’lim kengaşining özi nodavlat notijorat taşkilot hisoblanadi, qanaqadir davlatning vakolatli organi emas, kimgadir majburiyat yuklaydigan vakolati yöq. Garçi bayonnoma matnida majburiylik haqida gap ketmagan bölsa-da, ammo bunday mazmunda qaror çiqarilişining özi ğalati. Bunday qarorlar kamida Biznes Ombudsman hamda Adliya vazirligidan ekspertizadan ötişi kerak