Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Angren” umumqo‘shin tog‘ poligonida sinov yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Joriy yilning 27 iyun kuni Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari harbiy xizmatchilari ishtirokida “Angren” umumqo‘shin tog‘ poligonida axloqiy va ruhiy ta'minotidan tadqiqot – sinov yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

O‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – qo‘shinlar maxsus harakatlari davomida axloqiy-ruhiy ta'minotni tashkillashtirish, ruhiy ta'sirlar ostida shaxsiy tarkibni jangovar vazifalar bajarishini tadqiq qilish, kuzatilgan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, yig‘in samaradorligini oshirish.

Mashg‘ulot ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari harbiy xizmatchilari turli o‘quv nuqtalarida axloqiy-ruhiy ta'minotni tashkillashtirishga oid nazariy bilimlarini yanada kengaytirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ikkinchi bosqichda yig‘in ishtirokchilari jangovar otish maydoniga harakatlanish davomida pistirmaga duch keladi. Ushbu o‘quv nuqtasida shaxsiy tarkibning to‘satdan yuzaga keladigan vaziyatda o‘zini tutishlari atroflicha tahlil qilindi.
Umumiy mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng, batalon shaxsiy tarkibiga konsert dasturi namoyish etildi va ma'daniy hordiq tashkillashtirildi. Bu esa qatnashchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.






Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:07 / 17.11.2025