Buxoro va Navoiy viloyatlarida jurnalist va matbaachilar mukofotlandi
27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi «Rudizar» restoranida Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar, matbuot va matbaachilik sohasi xodimlari uchun tantanali bayram uyushtirildi.
Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqib, ularni kasb bayramlari bilan qizg‘in tabriklar ekan, so‘z erkinligi jamiyatimizda jamoatchilik nazoratini yaratishdagi o‘rni haqida to‘xtaldi. Jurnalistlar va matbaachilarga kelgusi ishlarida omadlar tiladi. Mehnati respublika darajasida e'tirof olgan buxorolik qalamkashlar tilga olib o‘tildi.
Viloyatda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni tezkorlik bilan yoritishda hissa qo‘shgan mahalliy va respublika jurnalistlariga viloyat hokimining faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, anjumanda ishtirok etgan 300dan ortiq jurnalistning har biriga maxsus sovg‘alar berildi.
Navoiy shahridagi «Farovon» tantanalar koshonasida ham navoiylik matbaa va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyatdagi 30dan ortiq teleradio va gazeta tahririyatlari hamda 40ga yaqin matbaa korxonalari mehnat jamoalari qatnashdi. Tadbir avvalida viloyat hokimi o‘rinbosari F.Soliyev mashaqqatli kasb egalariga tabrik yo‘llar ekan, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Bugungacha soha egalarning 10 nafardan ortig‘i davlat mukofotlariga ega bo‘lganini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, respublika tanlovlarida navoiylik jurnalistlar ishtirokining salmog‘i ko‘payayotganiga ham urg‘u berdi. Shundan so‘ng, tahririyatlarning 30 nafar ijodiy xodimlariga viloyat hokimining tashakkurnomasi va faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat ichki ishlar, ekologiya boshqarmalari ham ular bilan faol hamkorlik olib borayotgan jurnalistlarni taqdirladi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
14:38
Buxoroda cho‘ldan saksovul sindirib olib ketayotganlarga 40 mln so‘m jarima qo‘llandi
13:11 / 18.11.2024
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:11 / 11.11.2024