Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp G20 sammiti doirasida Putin bilan uchrashdi
Yaponiyaning Osaka shahrida boshlangan G20 sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashdi.
Amerikaliklar yetakchisi bu uchrashuv avvalida rossiyalik hamkasblar bilan muzokaralardan a'lo natijalar kutayotganini aytib o‘tdi.
«Bizda juda qiziqarli muhokama bo‘ladi, bu savdo, kommersiya, qurolsizlantirish masalalari, shuningdek, proteksionizmni o‘z ichiga oladi… Va bularning barchasi o‘zaro yaxshi munosabatlar asosiga quriladi. Menimcha, bu uchrashuv natijalari ajoyib bo‘ladi», — degan u.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu uchrashuvdan avval Financial Times uchun bergan intervyusida Tramp bilan muzokaralarda SNV-III masalasini ko‘tarishini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026