Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi va Vetnam erkin savdo to‘g‘risida bitim imzoladi
Yevropa Ittifoqi va Vetnam shanba kuni mamlakat poytaxti Hanoyda erkin savdo va investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi, deyiladi Yevropa komissiyasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Hujjat ostiga YeI tomonidan savdo bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malmstryom imzo chekkan. «Mazkur bitim Vetnam va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi, ikki davlat o‘rtasidagi savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlaydi hamda YeI va Vetnam o‘rtasidagi hamkorlik va uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlaydi», — deyiladi hujjatda.
Ushbu bitim endi Vetnam va YeIga a'zo 28 ta davlat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
09:34 / 05.08.2024