Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tolimarjon IES xususiylashtiriladi
Joriy yilning 30 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining Mubadala Utilities kompaniyasi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Energetika vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kun tartibidagi masala joriy yilning mart oyida BAAga oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan shartnomalar doirasida Tolimarjon IESni xususiylashtirish bo‘ldi.
Uchrashuv davomida elektr stansiyalarni xususiylashtirish va uning quvvatini yanada oshirish konsepsiyasi taqdim etildi, shuningdek, mavjud huquqiy shartnomadagi kelishuv va loyihalarni amalga oshirishning moliyaviy mexanizmlari ishlab chiqildi. Konsepsiya elektr stansiyaning ish faoliyati va texnik parametrlarini batafsil o‘rganish maqsadida delegatsiyaning Tolimarjon IESga oldingi ishchi tashrifi davomida olingan ma'lumotlar asosida ishlab chiqilgan.
Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy masalalari bo‘yicha yakdil fikrga kelishdi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2019 yil oxirigacha investitsiyaviy shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:10
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026