Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
Foto: KUN.UZ
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 iyul kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 21-26 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:30 / 20.04.2026
Turkmanistondan kirib keladigan siklon sel va toshqinlarni olib keladi
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
14:24 / 16.03.2026
Navro‘zoldi ob-havo prognozi
01:56 / 16.03.2026