Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika kompaniyalari Xitoyni tark eta boshladi
AQShning yirik texnologik kompaniyalari savdo urushi ortidan Xitoydagi filiallarini yopmoqda, deb yozadi Nikkei gazetasi.
Nashrning ma'lumot berishicha, Dell va HP, Amazon Nintendo, Microsoft, Sony va Google o‘z ishlab chiqarish va tadqiqot quvvatlarini Xitoydan tashqarida joylashtirish uchun yangi joy qidirmoqda.
Ularning aksariyati Vetnam, Tailand, Indoneziya yoki Meksikani muqobil maydon sifatida ko‘rmoqda. Quanta Computer, Foxconn Technology va Inventec esa Chexiyani ham mo‘ljallamoqda. Nashrning yozishicha, Apple Xitoydan smartfonlar ishlab chiqarish bo‘linmasining 30 foizga yaqinini olib chiqib ketmoqchi.
Iqtisodchilarning fikricha, ishlab chiqarish quvvatlarining ko‘chirilishiga asosiy sabab AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidir. Ikki davlat bir-birining mahsulotlariga bojlar kiritmoqda va natijada mahsulotlari Amerika bozoriga mo‘ljallangan kompaniyalar uchun Xitoyda ishlab chiqarishni davom ettirish befoyda bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026