Jizzax viloyati xalq ta'limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Xalq ta'limi vazirining buyrug‘i bilan Jizzax viloyati xalq ta'limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
2019 yilning 1 iyul kunidan boshlab, Dilfuza Ro‘ziqulovna Sadriddinova Jizzax viloyati xalq ta'limi boshqarmasi rahbari lavozimida o‘z faoliyatini boshladi.
Dilfuza Sadriddinova 1994 yili Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1994 yildan shu kunga qadar xalq ta'limi sohasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Yangi tayinlovga qadar, 2004 yildan beri Jizzax shahridagi eng nufuzli maktablardan biri hisoblangan 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Dilfuza Sadriddinovaga Jizzax viloyati xalq ta'limi boshqarmasi rahbari lavozimi vazifasida viloyatdagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish va ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mavzuga oid
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
09:25 / 05.09.2024
Jizzaxda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14:14 / 26.08.2024