Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kopa Amerika. Braziliya Argentinani musobaqadan chiqarib yubordi
Braziliya milliy jamoasi o‘z mamlakatida o‘tayotgan Kopa Amerikada finalga chiqdi. Mezbonlar yarim finalda Argentinani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Tite shogirdlari har ikki bo‘lim o‘rtalarida bittadan to‘p kiritib, 12 yil ichida ilk marta Amerika Kubogining hal qiluvchi o‘yinida qatnashadigan bo‘ldi. Gollarga Gabriel Jyezus va Roberto Firmino mualliflik qildi.
Shu tariqa, Argentina milliy jamoasining sovrinsiz seriyasi 26 yilga yetadigan bo‘ldi. Albiseleste oxirgi marta 1993 yilda Kopa Amerikada g‘olib chiqqanidan keyin hech qanday sovrin qo‘lga kirita olmay kelmoqda. 26 yil – jamoa tarixidagi eng uzoq davom etgan antirekord sanaladi.
Finalning ikkinchi ishtirokchisi Toshkent vaqti bilan ertaga tonggi soat 05:30da boshlanadigan Chili–Peru o‘yinida aniqlanadi.
Uchinchi o‘rin uchun bahs 6 iyul, final uchrashuvi esa 8 iyulga belgilangan.
Kopa Amerika
Yarim final
Braziliya – Argentina 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Gabriel Jyezus, 2:0 – 71 Firmino.
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Markinos (Miranda, 64), Tiago Silva, Aleks Sandro, Artur, Kazemiro, Gabriel Jyezus (Allan, 80), Koutino, Everton(Villian, 46), Firmino.
Argentina – Armani, Foyt, Petsselya, Otamendi, Talyafiko (Dibala, 85), Paredes, de Paul (Lo Chelso, 67), Akunya (Di Mariya, 59), Messi, Martines, Aguero.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (9), Akunya (40), Dani Alves (40), Foyt (56), Martines (58), Allan (82), Aguero (90).
Mavzuga oid
12:37 / 07.07.2024
Braziliya Kopa Amerikani tark etdi
18:00 / 04.07.2021
«Barselona» pul izlamoqda, Messi Argentinani sovrin sari olib bormoqda
19:49 / 29.06.2021
«Oltin to‘p»ga da'vogar «o‘nlik»dagi o‘zgarishlar: Sovringa kim munosib?
18:33 / 29.06.2021