6 iyul kungi öyinlardan keyin Argentina va Kanada ortidan Kolumbiya va Urugvay ham Amerika Kubogi yarimfinaliga çiqdi.

Kam futbol, köp fol

Urugvay – Braziliya 0:0. (Penaltilar böyiça: 4:2)
Urugvay – Roçet, Olivera, Arauho (Himenes, 33), Vinya (Kaseres, 46), Valverde, de la Krus (Bentankur, 67), Ugarte, Arauxo, Pellistri (Varela, 78), Nandes, Nunes (de Arraskaeta, 78).
Braziliya – Alisson, Danilo, Markinyos, Militao, Arana, Lukas Paketa (Duglas Luis, 81), Bruno Gimaraes (Evanilson, 87), Gomes (Pereyra, 81), Rafinya (Savio, 82), Rodrigo (Martinelli, 87), Endrik.
Ogohlantirişlar: Lukas Paketa (39), Ugarte (51), de la Krus (60), Gomes (64).
Çetlatiş: Nandes (74).

Braziliya va Urugvay – Kopa Amerika turnirining finaldan oldingi final maqomida edi. Ammo jamoalar turnir çorakfinalidayoq töqnaş kelişdi. Urugvay guruh bosqiçini juda kuçli ötkazdi va 9 oçko bilan birinçi örinni egalladi, brazillar öyinida esa muammolar kuzatildi. Öyindan oldin yaqqol favorit yöq edi.

Braziliya ustozi Dorival Junior Urugvayga qarşi öyinda Vinisiusning yordamiga tayana olmasdi. Vinger guruh bosqiçida ikkita sariq kartoçka işlagani tufayli öyinni ötkazib yubordi. Şuning uçun nihoyat Endrik boşlanğiç tarkibdan örin oldi. 17 yoşli yulduz – brazillar tarkibidagi yagona «töqqizlik». Vinisius yöqligi muammosini murabbiy Rodrigoni hujum uçligining çap qanotiga qöyiş orqali hal qildi. Bu unga «Santos»da öynagan davridan buyon qadrdon bölgan pozitsiya va ötgan mavsumning ikkinçi qismida Karlo Ançelotti ham uni şu qanotda muvaffaqiyatli öynatdi. Ammo farqi şundaki, öşa öyinlarning aksarida «Real» favorit edi, hozirgi Braziliya esa bunday maqomga ega emas. Ayniqsa Marselo Biyelsa boşqaruvi davrida juda yaxşi öynayotgan Urugvay fonida. Uning jamoasi özining eng yaxşi öyinlarida öz öyinini namoyiş etmoqda va raqibga öynaşga imkon bermayapti. 

Öyinning birinçi bölimida jamoalar futbol emas, köproq kuraş namoyiş etdi. Braziliya ham, Urugvay ham muntazam ravişda raqibni töxtatiş uçun qoida buzdi va 45 daqiqa davomida jami 18 fol (13 tasi urugvayliklar tomonidan) qayd etildi. Şunday töqnaşuvlardan birida Rafinya «Barselona»dagi Arauhoga taşlanganida futbolçilar örtasida muştlaşuv boşlanib ketişiga sal qoldi.

Qiziqarli tomoni, boş hakam Dario Errera futbolçilarni sariq kartoçkalar bilan tinçlantirişga urinmadi. Birinçi ogohlantiriş faqat 39-daqiqaga kelib berildi, Lukas Paketa Nikolas de la Krusning oyoğiga oçiqçasiga tepgandi.