Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambojada "boylar uchun" xususiy turma qurilmoqda
Kamboja poytaxtida Prey Sar qamoqxonasining yuqori darajadagi qulayliklarga ega “tijorat” kameralariga ega bo‘lgan maxsus qanoti qurilishi yakuniga yetmoqda, deb xabar berdi Phnom Penh Post gazetasi.
Qamoqxonaning yangi qanotini xususiy kompaniya qurmoqda. Kompaniya 45 yil davomida ushbu bo‘limning operatori sifatida faoliyat ko‘rsatadi, so‘ngra yangi qanot davlat ixtiyoriga o‘tadi.
Qamoqxonaning yangi qanotidagi kameralar boshqa qamoqxonalardagi kameralarga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Kameralar to‘rt toifaga bo‘lingan: ular bir, ikki, uch yoki to‘rt kishiga mo‘ljallangan. Bu kameralardagi joylar qamoq muddati davomida yetarlicha pul to‘lay oladigan mahbuslarga mo‘ljallangan.
Qamoqxonaning “tijorat” qanotini qurish qarori mablag‘i yetarli bo‘lgan mahbuslarning qulay sharoitlarda jazo o‘tashlari va davlatga qo‘shimcha daromad keltirish maqsadida 2016 yilda qabul qilingan.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
16:01 / 20.07.2021
Oq uy Guantanamo qamoqxonasini yopishga qaror qildi
19:05 / 06.07.2021
6 iyuldan mahkumlarning qarindoshlari bilan uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatildi - IIV
10:00 / 29.06.2021