O‘zbekiston | 21:40 / 05.07.2019
24438
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi o‘zgardi. «Artel» vakili uyushmaga yangi rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi yig‘ilishda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi Alisher Abduhoshimovich Abdullayev lavozimdan ozod etildi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, «O‘zeltexsanoat» uyushmasiga Mirziyod Rahmatovich Yunusov yangi rais etib tayinlangan.

Alisher Abdullayev 2019 yilning martida lavozimga rasman tayinlangandi

Mirziyod Yunusov shu vaqtga qadar «Artel injenering and management» MChJda mas'ul lavozimda ishlab kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, Uyushmaning asosiy vazifasi xomashyoni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.

2019 yil boshida O‘zbekiston prezidenti «O‘zeltexsanoat» uyushmasining asosiy vazifalarini belgilab bergandi.

Mavzuga oid