Özbekiston Respublikasi prezidenti “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantiriş va oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan “Özeltexsanoat” uyuşmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
xomaşyoni qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatli tayyor mahsulot işlab çiqariş va eksport qiliş böyiça yagona kompleks sifatida, şu jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va qöllab-quvvatlaş asosida sanoatni barqaror rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş;
içki va taşqi bozorlarda elektrotexnika mahsulotlariga bölgan talab kon'yunkturasini örganiş va şu asosda mahsulotning yangi turlarini özlaştirişda kömaklaşiş, içki bozorni yuqori sifatli milliy elektrotexnika mahsulotlari bilan töldiriş va uning eksport geografiyasini, şu jumladan, turli axborot resurslari va körgazma tadbirlarida milliy brendlarni ilgari suriş va elektrotexnika sanoati korxonalari salohiyatini namoyon etiş orqali kengaytiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
elektrotexnika mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça yuqori texnologik işlab çiqarişni özlaştiriş uçun investitsiyalar, birinçi navbatda, çet el investitsiyalarini keng jalb qilişga kömaklaşiş, sanoatni modernizatsiya qiliş, texnik va texnologik qayta jihozlaş, ixtisoslaşgan yetakçi xorijiy kompaniyalar bilan qöşma işlab çiqarişni taşkil etiş;
elektrotexnika sanoati sohasidagi standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş tizimini xalqaro talablar va standartlar bilan uyğunlaştiriş orqali uni takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni qabul qiliş;
hududlar salohiyatini yanada rivojlantiriş istiqbollari, xomaşyo bazasi, infratuzilma, mehnat resurslari va bozorlarning mavjudligidan kelib çiqqan holda elektrotexnika sanoati korxonalarini joylaştirişga kömaklaşiş;
elektrotexnika sanoati sohasida kadrlarni tayyorlaşga bölgan real ehtiyoj va istiqbolli yönalişlarni aniqlaş, mutaxassislarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça öquv dasturlarni takomillaştirişda iştirok etiş, mazkur sohada ilmiy-tadqiqot işlarini çuqurlaştiriş;
sanoatni jadal rivojlantirişga va elektrotexnika sanoati korxonalarining barqaror faoliyat körsatişiga tösqinlik qiluvçi tizimli muammolarni aniqlaş va bartaraf etiş, mazkur sohadagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş.

















