Hukumat qarori bilan, Alişer Abduhoşimoviç Abdullayev “Özeltexsanoat” uyuşmasining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Şuningdek, Mansur Rustamoviç Hoşimov Uyuşma raisining birinçi örinbosari etib, Umid Şavkat öğli Islom va Jahongir Jaliloviç Jamolov Uyuşma raisining örinbosarlari lavozimini egalladi.
Ta'kidlab ötiş joizki, Alişer Abdullayev şu vaqtga qadar Uyuşma raisi vazifasini bajaruvçi lavozimida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Uyuşmaning asosiy vazifasi xomaşyoni qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatli tayyor mahsulot işlab çiqariş va eksport qiliş böyiça yagona kompleks sifatida, şu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va qöllab-quvvatlaş asosida sanoatni barqaror rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş hisoblanadi.
2019 yil boşida Özbekiston prezidenti “Özeltexsanoat” uyuşmasining asosiy vazifalarini belgilab bergandi.

















