Jahon | 20:56 / 06.07.2019
27435
1 daqiqa o‘qiladi

Alyaskada rekord harorat qayd etildi

Amerikaning qisman Shimoliy qutbda joylashgan Alyaska shtatida rekord darajadagi harorat qayd etildi.

"Bi-bi-si"ning xabar berishicha, Ankorij shahrida harorat 32 darajagacha yetdi. Avvalgi rekord 29 daraja bo‘lib, 1969 yilda qayd etilgan.

Alyaskaning boshqa hududlarida ham harorat rekordlari qayd etilmoqda.

Olimlarning bildirishicha, shimoliy shtat aholisiga quyosh ostida kamroq bo‘lishni, ko‘proq suv ichishni maslahat berishmoqda. Ornitologlar sohil bo‘yidagi qushlar o‘limi ko‘payganini qayd etishgan: baliqlar suv iligani bois yashaydigan joylaridan uzoqroqqa ketmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid