Jamiyat | 12:18 / 06.07.2019
7957
1 daqiqa o‘qiladi

Nurafshonda 41 yoshli erkak mahalladoshining umriga zomin bo‘ldi

2019 yil 5 iyul kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yashovchi 41 yoshli R.X. mast holda Oybek mahallasida o‘zaro janjal tufayli shu mahallada yashagan 34 yoshli O.O.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.O. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.X. ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid