Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixiy samovarni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi
Ma'lumki, Davlat bojxona qo‘mitasi respublikada qonun hujjatlariga muvofiq madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo‘lgan urinishni bartaraf etishdi.
Qo‘shni davlatga chiqish uchun “Yallama” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro M.F.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning sumkasi ichida bojxona nazoratidan yashirilgan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan qopqog‘ida "Fabrika B.G.Teyle Aleksandr III Imp. Vseross" yozuvlari bo‘lgan, qiymati 5 000 000 so‘mlik 1 dona qadimiy samovarni yashirincha olib chiqayotgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
21:01 / 28.02.2026