Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Zelenskiy birinchi marta o‘zaro suhbatlashdi
Foto: RIA Novosti
Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy telefon muloqoti o‘tkazishdi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, muloqot o‘tkazish tashabbusi Ukraina tomonidan bildirilgan. Peskovning ta'kidlashicha, yetakchilar “ikki tomondan ushlab turilganlar shaxslarni” qaytarish bo‘yicha ekspert darajasidagi ishni davom ettirishga kelishib olishgan.
“Shuningdek, normand formatida aloqalarni davom ettirish imkoniyati muhokama qilingan”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.
Ukraina prezidenti matbuot xizmatida o‘z navbatida suhbatning asosiy mavzusi “asirda ushlab turilgan harbiy dengizchilarni ozod qilish” bo‘lgani ma'lum qilingan.
“Shuningdek, gap Rossiya hududida saqlanayotgan Ukrainaning boshqa fuqarolarini qaytarish haqida borgan”, deyilgan xabarda.
Avvalroq shu haftada Zelenskiy Putinga Minskda uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi. U bu uchrashuvda AQSh, Fransiya, Britaniya va Germaniya yetakchilari ham ishtirok etishlari kerakligini aytgan. Peskov bu tashabbusga izoh berib, Moskvada u ko‘rib chiqilishini, biroq bunday sammitning istiqboli bor-yo‘qligini anglab olish zarurligini aytgan.
Putinning o‘zi esa Zelenskiyning taklifiga izoh berib, Rossiya Donbassdagi ixtilofni hal qilishning birorta formatidan bo‘yin tovlamaganini eslatib o‘tgan hamda bunday uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilishi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
17:46 / 15.02.2026
Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
14:52 / 11.02.2026
Kallas yevropaliklarni Putin bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga chaqirdi
13:41 / 09.02.2026