Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim vazirligi huzurida yangi malaka oshirish instituti va boshqarmalar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi huzuridagi Kasb-hunar ta'limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta'limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi huzuridagi Metrologik nazorat xizmati negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini rivojlantirish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yoshlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritildi.
Mavzuga oid
10:49 / 09.02.2026
“3+1” va “2+2”: Saffolk universiteti bilan qo‘shma ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda
22:37 / 07.02.2026
Yangi avlodning aqliy salohiyati ota-onalarinikidan past – neyrobiolog
13:53 / 07.02.2026
O‘zbekistonliklar ta’limga 39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi
19:18 / 06.02.2026