Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochilishi mumkin
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov XXRga tashrifi doirasida Shanxay shahrida vatandoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, harakatning asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, biznes hamjamiyati, akademik doira vakillarini amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida birlashtirish hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor qilish, ular bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, zarur hollarda ularga kerakli ko‘mak berish va qo‘llab-quvvatlash, sa'y-harakatlarni mamlakat rivojiga yo‘naltirish muhim hisoblanadi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Akmal Burxonov “Yuksalish” umummilliy harakatining faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirayotgan loyihalari haqida ma'lumot berdi. Tashkilot XXRning Shanxay universiteti va “aql markazlari” bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganligi ta'kidlandi.
O‘z navbatida, vatandoshlar tomonidan Shanxayda O‘zbekiston kunlarini o‘tkazish hamda yurtimizda Dunxua universiteti filialini ochish takliflari berildi. Mazkur OTM Xitoy ma'rifat vazirligi huzurida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy davlat universitetlardan biri hisoblanadi. Uning asosiy yo‘nalishlari – to‘qimachilik sanoati, moda va dizayn, xalqaro savdo, axborot texnologiyalari va amaliy fanlar. Universitetda faoliyat olib borayotgan vatandosh–doktorantlar O‘zbekistonda ushbu universitet filialini ochishga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyorliklarini bildirdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistonning XXRda iqtisodiy, turistik salohiyatini hamda imidjini oshirishga qaratilgan bir qator g‘oyalar ham ilgari surildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026