Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zkimyosanoat» tizimidagi yirik korxonalar xususiy investorlarga sotiladi
Bugun, 12 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zkimyosanoat» AJ rahbari va mutasaddilari ishtirokida «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalaridagi davlat ulushi va «O‘zkimyosanoat» AJga tegishli ulushlarini investorlarga investitsiya kiritish sharti bilan sotish rejalashtirilmoqda. Investorlardan tarmoqqa yangi, zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar olib kirish, xalqaro ekologik me'yorlarga rioya etish talab etiladi.
«Jami 8ta yirik korxona – Qo‘ng‘irot soda zavodi, «Farg‘onaazot» AJ, Dehqonobod kaliy zavodi, Jizzaxdagi rezina texnika zavodi va boshqa korxonalarning davlat ulushi va «O‘zkimyosanoat» AJ ulushlarini xususiy investorlarga sotish belgilangan», — deya Temirovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:00 / 06.05.2025
Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda
15:21 / 02.05.2025
Xorazmda 10 mlrd dollarlik gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlanadi
19:00 / 14.02.2025
Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda
14:21 / 05.12.2024